«Liverpul» Elliot Anderson uchun kurashga qoʻshildi
«Liverpul» «Nottingem Forest» yarimhimoyachisi Elliot Andersonga qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchining o‘zi «Manchester Yunayted»ga o‘tishni va Ruben Amorim qo‘l ostida ishlashni istamoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi «qizil iblislar»ning asosiy transfer maqsadiga aylangan. «Forest» Anderson uchun 120 million funt sterling (136,8 million yevro) talab qilmoqda.
Shunga qaramay, mankunianliklar muzokaralar orqali summani 60 million funt (68,4 million yevro) atrofida kelishib olishlariga ishonmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Anderson 2024 yil yozida «Nyukasl»dan «Nottingem Forest»ga ko‘chib o‘tgan edi. Shu vaqt ichida u barcha turnirlar doirasida 56 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etgan.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Andersonning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.