locale OZ

«Liverpul» Ekitikening jarohat olganini tasdiqladi

Fransiyalik hujumchi JCh-2026ni oʻtkazib yuboradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Ekitikening jarohat olganini tasdiqladi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi o‘z rasmiy saytida fransiyalik hujumchi Ugo Ekitikening jarohati borasida ma’lumot e’lon qildi. Futbolchi Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi «Pari Sen-Jermen»ga qarshi javob uchrashuvining (0:2) 31-daqiqasida zaxiraga olingan edi.

«Tibbiy ko‘rik natijalari futbolchining axill payi shikastlanganini tasdiqladi. Shu tariqa, Ekitike joriy klublararo mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi va shu yozda Fransiya terma jamoasi safida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etiladi. Ugo «Liverpul»dagi barcha insonlarning to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ostida», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting