locale OZ

«Liverpul» Ekitike transferiga 100 mln yevro sarflamoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Ekitike transferiga 100 mln yevro sarflamoqchi
Photo: Getty Images

“Ayntraxt” hujumchisi Ugo Ekitike faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda The Athletic nashri.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 23 yoshli fransiyalik forvardni anchadan beri diqqat bilan kuzatib kelmoqda.

Ingliz klubi va Ekitike olti yillik shartnoma borasida kelishib olishgan. Ekitike aynan “Liverpul” safida to‘p surishni istagani sababli unga qiziqish bildirgan “Nyukasl” bilan muzokaralarni to‘xtatgan.

“Liverpul” klubi Ugoning transferi uchun 100 million yevro sarflashga tayyor. Faqat klub ushbu to‘lovni bir necha muddat davomida to‘lashni rejalashtirmoqda.

O‘tgan mavsumda u “Ayntraxt” safida liga doirasidagi 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol muallifiga aylangan. Transfermarkt portali Ekitikening qiymatini 75 million yevroga baholagan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting