«Liverpul» egalari La Liga qoidalari sabab «Xetafe»ni sotib olishdan bosh tortdi
Qayd etilishicha, investorlar moliyaviy feyr-pley qoidalaridan choʻchigan.
FOTO: Getty Images
Amerikaning Fenway Sports Group (FSG) kompaniyasi, Angliyaning «Liverpul» klubi egasi, Ispaniyaning «Xetafe» jamoasini sotib olish rejasidan voz kechdi.
Marca nashrining yozishicha, investorlar La Liga talablari sabab ilgari boshlangan muzokaralardan chiqib ketgan.
Manbaga ko‘ra, amerikaliklar Ispaniya chempionatida amal qiladigan qat’iy moliyaviy feyr-pley qoidalaridan cho‘chigan.
Avvalroq FSG «Red Bull» kompaniyasinikiga o‘xshash multi-klub tizimi yaratmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
La Liganing 12-turidan keyin «Xetafe» 17 ochko bilan musobaqa jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. So‘nggi turda Xose Bordalas shogirdlari safarda «Malorka»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist