locale OZ

«Liverpul» Dyumfris bilan muzokaralar olib bordi, «Inter» himoyachi uchun 25 mln yevro talab qilmoqda

Denzelning milanliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Dyumfris bilan muzokaralar olib bordi, «Inter» himoyachi uchun 25 mln yevro talab qilmoqda
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Inter»ning o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfrisni nishonga oldi. Taniqli insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, mersisaydliklar allaqachon 29 yoshli futbolchining agentlari bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Italiya klubi o‘z yetakchilaridan biri bilan xayrlashishga tayyor, biroq buning evaziga aniq narx belgilangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, «neradzurrilar» niderlandiyalik futbolchi uchun 25 million yevro talab qilmoqda. Qizig‘i shundaki, nufuzli Transfermarkt portali ham ayni damda futbolchining bozor qiymatini aynan shu miqdorda baholagan.

Denzel Dyumfris 2021 yildan buyon Milan klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 3 ta gol yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Tajribali himoyachining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar imzolangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting