«Liverpul» Diomand transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Angliyaning «Liverpul» klubi «RB Leypsig» vingeri Yan Diomand transferi bo‘yicha Germaniya klubi bilan muzokaralarga kirishdi. The Athletic nashrining xabar berishicha, mersisaydliklarda ushbu futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyati «PSJ»ga qaraganda yuqoriroq baholanmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Leypsig» 19 yoshli futbolchi sotilmasligini va klub o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishi uchun 130 million yevrodan ortiq taklif kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. O‘tgan yozda «Liverpul» transferlar uchun 522 million yevro sarflagani hamda boshqa pozitsiyalarni ham kuchaytirish zarurligini hisobga olsa, inglizlar bu o‘yinchini sotib olishni istamasliklari ham mumkin.
Diomandning «RB Leypsig» bilan shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan va unda shartnomani muddatidan avval bekor qilish haqida band mavjud emas. «PSJ» ham futbolchiga katta qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha bu borada «Liverpul» kabi ilgarilay olgani yo‘q. Shuningdek, futbolchiga da’vogarlar qatorida «Manchester Siti» ham bor.