«Liverpul» de Yong uchun 40 million yevro taklif qildi
Yarim himoyachining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yongga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Angliya klubi niderlandiyalik futbolchi uchun «Barselona»ga 40 million yevro taklif qilgan, ammo rad javobini olgan.
Shu bilan birga, kataloniyaliklar de Yongni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq «Barselona» kamida 70 million yevrolik taklif tushgan taqdirdagina muzokaraga kirmoqchi.
Joriy mavsumda 29 yoshli de Yong hali birorta o‘yinda maydonga tushmadi.
Yarim himoyachining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.