locale OZ

“Liverpul” Darvin Nunesga narx belgiladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Darvin Nunesga narx belgiladi
FOTO: Getty Images

“Liverpul” hujumchisi Darvin Nunes yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar urugvaylik futbolchi uchun kamida 70 million yevro olishni kutmoqda. Avvalroq, qishki transferlar vaqtida “An-Nassr” Nunes uchun shuncha summa taklif qilgandi, ammo o'shanda transfer amalga oshmagan.

Ma'lumot uchun, Nunes o'tgan mavsum barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting