locale OZ

«Liverpul» Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa 120 million funtdan quruq qolishi mumkin

Hozirda mersisaydliklar APL turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa 120 million funtdan quruq qolishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Liverpul» joriy mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar Ligasiga yo‘llanma ololmasa, 120 million funt sterling miqdoridagi daromaddan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Yevropaning eng nufuzli klublar turnirida ishtirok etmaslik mersisaydliklar daromadining sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. Biroq, o‘tgan yozgi transfer oynasidagi katta xarajatlarga qaramay, klubdagi moliyaviy holat barqarorligicha qolmoqda.

Ayni damda «Liverpul» 48 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Chempionlar Ligasining joriy mavsumida jamoa umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra uchinchi o‘rinni egalladi va nimchorak finalda «Galatasaroy» bilan bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting