locale OZ

“Liverpul” “Chelsi” yulduzi uchun kurashga qo'shildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” “Chelsi” yulduzi uchun kurashga qo'shildi
FOTO: Getty Images

“Liverpul” “Chelsi”ning hujumkor yarim himoyachisi Kristofer Nkunkuga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Footmercato nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar 27 yoshli futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. “Qizillar” Nkunku uchun kurashda “Nyukasl” va “Bavariya” bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi.

Ma'lumot uchun, Nkunku 2023-yilning yozidan buyon “Chelsi” safida o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining “aristokratlar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting