locale OZ

«Liverpul» Bredli Barkola uchun ilk taklifni tayyorlamoqda

Barkolaning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
«Liverpul» Bredli Barkola uchun ilk taklifni tayyorlamoqda
photo: gettyimages

«Liverpul» PSJ qanot hujumchisi Bredli Barkolani qo‘lga kiritish uchun dastlabki taklifni tayyorlamoqda. Mersisayd klubi 23 yoshli fransiyalik futbolchi bilan prinsipial kelishuvga erishgani aytilmoqda.

Barkola «Enfild»da Muhammad Salohning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Endi «Liverpul» va PSJ transfer summasi borasida kelishib olishi kerak.

«Liverpul» Salohga o‘rinbosar izlamoqda

BBC xabariga ko‘ra, «Liverpul» Barkolaga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirgan va futbolchi uchun ilk rasmiy taklif ustida ishlamoqda. Klub o‘tgan mavsum oxirida jamoani tark etgan Muhammad Saloh o‘rniga aynan PSJ vingerini asosiy variant sifatida belgilagan.

Avvaliga «Liverpul» Yan Diomandeni sotib olishni rejalashtirgan edi. Biroq «RB Leypsig» futbolchisi «Real»ga o‘tishga yaqin turibdi. Shu sababli mersisaydliklar e’tiborini to‘liq Barkola transferiga qaratgan.

PSJ esa futbolchisini arzon qo‘yib yubormoqchi emas. Fransiya chempioni Barkolani taxminan 145 million funtga baholamoqda. Bu summa amalga oshsa, Britaniya futboli transfer rekordini yangilashi mumkin.

Barkola «Enfild»ga o‘tishga tayyor

Barkolaning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, futbolchi «Liverpul»ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda.

Fransiyalik vinger faoliyatida yangi bosqichga chiqishni va Premyer-ligada o‘zini sinab ko‘rishni istamoqda. So‘nggi vaqtlarda u Parij klubida muhim o‘yinlarda ko‘proq zaxiradan maydonga tushgani sabab vaziyatdan norozi bo‘lib qolgan.

Barkola muntazam asosiy tarkibda o‘ynashni va yangi chaqiriqni xohlamoqda. U yaqinda «Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola hamda klub rahbariyati vakillari bilan ijobiy muzokaralar o‘tkazgan. Futbolchi PSJ bilan shartnomasini uzaytirish niyatida emasligini ham bildirgan.

Transfer narxida katta tafovut bor

Futbolchi bilan prinsipial kelishuvga erishilgan bo‘lsa-da, transferni yakunlash oson bo‘lmaydi. Asosiy muammo — PSJ talab qilayotgan katta summa.

«Liverpul» kelishuvni taxminan 100 million funt atrofida amalga oshirishni istamoqda. PSJ esa o‘z pozitsiyasida qat’iy turibdi va Barkola uchun 145 million funt talab qilmoqda.

Klublar o‘rtasida katta moliyaviy tafovut bor. Biroq futbolchining»ga o‘tishni istayotgani ingliz klubiga muzokaralarda ustunlik berishi mumkin.

23 yoshli hujumchi «Liverpul» bilan shaxsiy kelishuvi muzokaralarni tezlashtirishiga umid qilmoqda. Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy shartnoma imzolanmagan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting