“Liverpul” Bredli Barkola transferini kelishib oldi
“Liverpul” PSJ vingeri Bredli Barkolani transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 23 yoshli fransiyalik futbolchining Angliya klubiga o‘tishi yaqin, biroq bitim hali rasman yakunlanmagan.
“Liverpul” Barkola uchun 117 million yevro kafolatlangan to‘lovni amalga oshiradi. Bonuslar bilan transfer qiymati 164 million yevrogacha yetishi mumkin. Yaqin vaqt ichida klublar zarur hujjatlarni almashishi kutilmoqda.
Barkola 2023-yil yozidan buyon PSJ safida to‘p tepmoqda. Fransiyalik futbolchi Parij klubi tarkibida barcha musobaqalarda 152 ta uchrashuv o‘tkazib, 39 ta gol urgan va 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” va PSJ o‘rtasida transfer bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishilganini Sky Sports ham tasdiqlamoqda. Hozirda bitimning so‘nggi tafsilotlari muhokama qilinmoqda va transfer yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda.