locale OZ

«Liverpul» Bredli Barkola transferi ustida ishlamoqda

Fransiyalik futbolchining oʻzi APLga koʻchib oʻtishga rozi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Bredli Barkola transferi ustida ishlamoqda
FOTO: Getty Images

«Liverpul» klubi PSJning 23 yoshli vingeri Bredli Barkolani oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqda «Le10Sport» jurnalisti Aleksis Bernard xabar berdi.

Hujumning chap qanotini kuchaytirmoqchi boʻlgan «qizillar» Barkolani Yevropadagi eng iqtidorli yosh futbolchilardan biri deb hisoblamoqda. Manbaga koʻra, fransiyalik futbolchining oʻzi ham oʻtgan yozdagiga qaraganda hozir Angliyaga koʻchib oʻtishga koʻproq moyillik bildirmoqda.

Maʼlumot uchun, Barkola joriy mavsumda barcha turnirlarda 48 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta assist qayd etdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting