“Liverpul” bor e'tiborini Xulian Alvaresga qaratdi
FOTO: Getty Images
Angliyaning “Liverpul” klubi “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvaresga qiziqish bildirmoqda va yozgi transferlar vaqtida uni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar Alvaresni qo'lga kiritish uchun hamma narsaga tayyor. Kelishuvni amalga oshirish uchun “qizillar” transfer uchun to'lanadigan mablag'dan tashqari Darvin Nunesni ham ishga solmoqchi.
Ma'lumot uchun, Xulian Alvares joriy mavsum “Atletiko Madrid” safida 51 ta o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 90 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist