locale OZ

«Liverpul» bor eʼtiborini «Atalanta» yarimhimoyachisiga qaratdi

Mersisaydliklar qishki transferlar vaqtida yangi futbolchilarni xarid qilmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» bor eʼtiborini «Atalanta» yarimhimoyachisiga qaratdi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi qishki transfer oynasida Italiya A Seriyasi vakili «Atalanta» yarimhimoyachisi Edersonni sotib olishga kirishishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «qizillar» bosh murabbiyi Arne Slot jamoaga jismonan kuchliroq va atletikroq yarimhimoyachi qo‘shishni istamoqda. Uning fikricha, hozirgi tarkibdagi futbolchilar bu talablarga to‘liq javob bermayapti.

«Atalanta» Edersonni sotishni xohlamasa-da, qish mavsumida kelib tushishi mumkin bo‘lgan takliflarga tayyorlanmoqda. Shuningdek, braziliyalik yarimhimoyachini qo‘lga kiritish borasida «Liverpul»ning asosiy raqobatchisi sifatida «Nyukasl» tilga olinmoqda.

Ederson joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting