“Liverpul” Belgiya terma jamoasi himoyachisini nishonga oldi
FOTO: Getty Images
“Bryugge”ning chap qanot himoyachisi Maksim de Kuyper faoliyatini APL'da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Bense Bochak xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar belgiyalik futbolchini bir yildan ortiq vaqt davomida kuzatib kelmoqda.
Qayd etilishicha, “Liverpul” himoya chizig'ining chap qanotini kuchaytirish uchun de Kuyperni ideal variant deb hisoblaydi. 24 yoshli futbolchi Endryu Robertsonga raqobat qilishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, de Kuyper joriy mavsum “Bryugge” safida jami 50 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 16 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist