\"Liverpul\" Barkolani transfer qilish uchun bor imkoniyatini ishga soladi
Angliyaning "Liverpul" klubi PSJ vingeri Bredli Barkolani yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin o'z safiga qo'shib olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi.
Sky Germany jurnalisti Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, mersisaydliklar futbolchining shaxsiy shartlari bilan bog'liq muammo bo'lmasligiga ishonmoqda. Endi asosiy masala PSJ bilan transfer summasi bo'yicha kelishuvga erishishdan iborat.
Manbalarga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda va "Liverpul" yaqin kunlarda ilk rasmiy taklifini yuborishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Barkolaning o'zi ham joriy yozda Parij klubini tark etishga tayyor ekani aytilmoqda.
Biroq PSJ 23 yoshli fransiyalik vinger uchun juda yuqori transfer puli talab qilmoqda. Shu sababli bitim amalga oshishi ko'p jihatdan klublar o'rtasidagi muzokaralar natijasiga bog'liq bo'ladi.