“Liverpul” Barkolaga yangi taklif yuboradi
“Liverpul” PSJ vingeri Bredli Barkolani transfer qilish bo‘yicha Parij klubiga yangi taklif yuborishga tayyor. Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchini transfer oynasining asosiy maqsadi sifatida ko‘rmoqda.
“Liverpul” yangi taklifni shu hafta ichida yuborishni rejalashtirmoqda. “Arsenal” va yana bir klub ham 23 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq hozircha Barkola uchun kurashda “Liverpul” yetakchilik qilmoqda.
Mersisaydliklar futbolchining o‘zi bilan shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. Barkola “Liverpul” bilan 2032-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tuzishga rozi bo‘lgan. Endi asosiy masala klublar o‘rtasidagi kelishuvga bog‘liq.
Barkola joriy mavsumda hali maydonga tushmadi. U PSJning so‘nggi ikki uchrashuvi uchun ham qaydnomaga kiritilmadi. Bu esa uning Parij klubidagi kelajagi borasidagi savollarni yanada kuchaytirmoqda.