locale OZ

«Liverpul» Barkola uchun da'vogar

23 yoshli Barkola 2023 yildan buyon Parij klubida o‘ynab keladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Barkola uchun da'vogar
ФОТО: Getty images

“PSJ” vingeri Bredli Barkola faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar hujumchi Muhammad Salohga muqobil variantlarni izlamoqda. Barkola asosiy nomzod sifatida ko‘rsatilmoqda.

Avvalroq Saloh jamoa bosh murabbiyi Arne Slot va klub rahbariyatiga tanqidiy fikr bildirgan edi.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Barkola 2023 yildan buyon Parij klubida o‘ynab keladi. Ushbu mavsumda u 25 o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Uning “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Barkolaning bozor qiymatini 70 mln yevro deb baholaydi

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting