locale OZ

“Liverpul” Barkola uchun 100 million yevrodan ortiq taklif qildi

Fransiyalik hujumchi Parij klubi safida 152 ta uchrashuvda 39 ta gol urib, 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Barkola uchun 100 million yevrodan ortiq taklif qildi
Foto: Getty Images

“Liverpul” va PSJ hujumchi Bredli Barkola transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshladi.

Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar 23 yoshli futbolchi uchun 100 million yevrodan ortiq taklif yuborgan. Biroq bu summa hozircha PSJ talab qilayotgan mablag‘dan ancha past. Muzokaralar davom ettiriladi.

Barkolaning o‘zi ham faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishni istamoqda. Avvalroq futbolchi PSJdagi o‘yin vaqti hamda jamoadagi rolidan qoniqmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Fransiyalik hujumchi Parij klubi safida 152 ta uchrashuvda 39 ta gol urib, 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting