«Liverpul» Arne Slotni isteʼfoga chiqarishi mumkin — Skira
Niderlandiyalik mutaxassisning oʻrnini Xabi Alonso egallashi kutilmoqda.
FOTO: Getty Images
Taniqli insayder Nikolo Skira «Liverpul» klubidagi ehtimoliy murabbiy o‘zgarishi haqida ma’lumot berdi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, mersisaydliklar rahbariyati agar jamoa 2026/27 yilgi mavsum uchun UEFA Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa yoki joriy mavsumni birorta sovrinsiz yakunlasa, Arne Slotni iste’foga chiqarishi mumkin.
Niderlandiyalik mutaxassis o‘rniga asosiy nomzod sifatida Xabi Alonso ko‘rilmoqda. Ta’kidlanishicha, ispaniyalik murabbiy «Liverpul» rahbariyatining yuksak ishonchiga sazovor bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda jamoa APL turnir jadvalida 42 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist