locale OZ

«Liverpul» Arne Slotga ultimatum qoʻydi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027 yilga qadar amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Arne Slotga ultimatum qoʻydi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slotning kelajagi jamoaning so‘nggi natijalari fonida so‘roq ostida qolmoqda. The Touchline nashri xabariga ko‘ra, klub rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisga asosiy e’tiborni Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik poygasiga emas, balki Chempionlar Ligasi va Angliya Kubogidagi ishtirokga qaratishni buyurgan.

Slot joriy mavsum yakunida iste’foga chiqarilishi mumkin. Murabbiy o‘z joyini saqlab qolishi uchun klub rahbariyati oldiga qat’iy talablar qo‘yilgan. Unga ko‘ra, murabbiy mavsum yakuniga qadar kamida bitta nufuzli kubokni qo‘lga kiritishi hamda keyingi mavsum uchun Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini naqd qilishi shart. Agar ushbu vazifalar bajarilmasa, 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma muddatidan avval bekor qilinishi mumkin.

Ayni damda «Liverpul»ning natijalari kutilganidek barqaror emas. Jamoa 25 turdan so‘ng 39 ochko bilan APL turnir jadvalining 6-pog‘onasida bormoqda. Angliya Kubogida mersisaydliklar muvaffaqiyatli tarzda to‘rtinchi raundga yo‘l olishgan bo‘lsa, Chempionlar Ligasida jamoa o‘z yurishini 1/8 final bosqichidan davom ettiradi.

Qayd etish joizki, Arne Slot 2024 yilda Yurgen Kloppning o‘rniga tayinlangan va debyut mavsumidayoq jamoa bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritib, katta ishonchga erishgan edi. Biroq joriy mavsumdagi pasayish rahbariyatni qat’iy choralar ko‘rishga majbur qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting