locale OZ

«Liverpul» Arne Slot bilan ishlashni davom ettirmoqchi

47 yoshli Arne Slot 2024 yilda “Liverpul” boshqaruvini qabul qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Arne Slot bilan ishlashni davom ettirmoqchi
ФОТО: Getty images

Angliyaning “Liverpul” klubi mavsum yakunidan so‘ng bosh murabbiy Arne Slot bilan xayrlashishni rejalashtirmaydi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

«Mish-mishlarga qaramay, “Liverpul” Arne Slotni kelasi mavsumda ham murabbiylik lavozimida saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Jamoa bu yozda bosh murabbiyini almashtirish niyatida emas», — deb yozdi Skira.

47 yoshli Arne Slot 2024 yilda “Liverpul” boshqaruvini qabul qilgan. Uning qo‘l ostida jamoa ilk mavsumdayoq Angliya chempionati g‘olibiga aylangan.

Hozirda “Liverpul” Angliya Premyer-ligasi jadvalida 36 uchrashuvdan so‘ng 59 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting