locale OZ

«Liverpul» Arauho transferini e’lon qildi

O‘tgan mavsumda futbolchi La Ligada 24 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Arauho transferini e’lon qildi
ФОТО: Getty images

Urugvaylik himoyachi Ronald Arauho 2026/2027 yilgi mavsum uchun ijaraga asosan “Barselona”dan “Liverpul”ga o‘tdi.

“Biz Ronald Arauho’ni 2026/2027 yilgi mavsum uchun ‘Barselona’dan ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdik. Ushbu kelishuv ishlash uchun ruxsatnoma muvaffaqiyatli olinishi va xalqaro kelishuv jarayonidan o‘tilishi sharti bilan amalga oshadi”, — deyiladi “Liverpul” matbuot xizmati tomonidan klubning ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida berilgan xabarda.

Arauho “Barselona”ning birinchi sardori hisoblanadi va 2018 yildan buyon klub tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Himoyachi kataloniyaliklarning asosiy jamoasi safida mamlakat ichki musobaqalarida sakkizta sovrinni qo‘lga kiritgan.

O‘tgan mavsumda urugvaylik himoyachi “Barselona” tarkibida barcha turnirlarda 38 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting