locale OZ

«Liverpul» APLdagi mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha so‘nggi 11 yildagi eng yomon mavsumini o‘tkazmoqda

Jamoa 11-bor mag'lub bo'ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» APLdagi mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha so‘nggi 11 yildagi eng yomon mavsumini o‘tkazmoqda
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" Angliya chempionatining 35-tur uchrashuvida "Liverpul"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Arne Slot jamoasi uchun bu mag'lubiyat joriy APL mavsumidagi 11-chisi bo'ldi. "Liverpul" oxirgi marta ligada buncha yoki bundan ko'p o'yinda 2014/2015-yilgi mavsumda mag'lub bo'lgandi — o'shanda mersisaydliklar hisobida 12 ta mag'lubiyat bor edi.

Joriy chempionat davomida "Liverpul" ikki martadan "Manchester Siti" (0:3, 1:2) va "Manchester Yunayted"ga (1:2, 2:3) mag'lub bo'ldi. Shuningdek, jamoa "Brayton" (1:2), "Vulverhempton" (1:2), "Bornmut" (2:3), "Nottingem Forest" (0:3), "Brentford" (2:3), "Chelsi" (1:2) va "Kristal Pelas"ga (1:2) mag'lub bo'lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting