locale OZ

«Liverpul» APLda Slot qoʻl ostida ilk bor 0:0 hisobida durang oʻynadi

Bunday natija ilk bor 2023 yilning dekabrida kuzatilgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» APLda Slot qoʻl ostida ilk bor 0:0 hisobida durang oʻynadi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» va «Lids Yunayted» Angliya Premer-ligasining 19-tur uchrashuvida 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa, «Liverpul» bosh murabbiy Arne Slot qo‘l ostida Angliya chempionatida ilk bor golsiz durang qayd etdi. Bu haqda Squawka nashri X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Shuningdek, bu «Liverpul»ning Angliya Premer-ligasidagi 2023 yil dekabridan buyon qayd etilgan ilk 0:0 hisobidagi durangi bo‘ldi. O‘shanda mersisaydliklar «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs olib borgan edi.

«Lids Yunayted» turnir jadvalida 19 o‘yindan so‘ng 21 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda. «Liverpul» esa 33 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi. Chempionat peshqadami — 45 ochkoga ega «Arsenal».

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting