«Liverpul» Anderson uchun 136 mln yevro taklif qilishi mumkin
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Andersonga qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchining o'zi “Manchester Yunayted”ga o'tishni va Ruben Amorim qo'l ostida ishlashni istayotgani aytilmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli futbolchi “qizil iblislar”ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. “O'rmonchilar” Andersonni sotishga qarshi emas, ammo buning uchun 120 million funt sterling (136,8 mln yevro) talab qilmoqda.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, Andersonning bozor qiymati 45 million yevroga teng.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist