«Liverpul» Alvaresga qiziqish bildirmoqda
Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” klubi “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 25 yoshli futbolchini kelasi yozgi transfer oynasida sotib olishni rejalashtirmoqda. Qolaversa, Alvaresning o‘zi ham jamoani o‘zgartirishga qarshi emas.
Biroq “Atletiko” hujumchini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Alvaresga nafaqat “Liverpul”, balki Ispaniyaning “Barselona” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Alvares La Liga doirasidagi beshta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist