locale OZ

«Liverpul» Alissonning o‘rniga uchta nomzodni ko‘rib chiqmoqda

Ro‘yxatda Mamardashvili va JCh qahramoni bor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Alissonning o‘rniga uchta nomzodni ko‘rib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

Agar braziliyalik darvozabon Alison Beker kelayotgan yozda «Yuventus»ga o‘tadigan bo‘lsa, «Liverpul» uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan uchta nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TuttoJuve nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar uchun birinchi raqamli variant — jamoaning hozirgi a’zosi Georgiy Mamardashvili bo‘lib qolmoqda. Gruziyalik posbon joriy mavsumda klub miqyosida barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda ishtirok etdi. Mamardashvilidan tashqari, «qizillar» PSJ darvozaboni Lyuka Shevalye hamda «Aston Villa» va Argentina terma jamoasi a’zosi Emiliano Martinesning harakatlarini kuzatib borishmoqda.

Joriy mavsumda 33 yoshli Alison Beker klub miqyosida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 36 ta gol olib chiqdi. Braziliyalik darvozabon 13 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting