locale OZ

«Liverpul» Alissonni saqlab qolmoqchi

Ingliz klubi braziliyalik darvozabonni qo'yib yubormaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» Alissonni saqlab qolmoqchi
ФОТО: Getty images

“Liverpul” darvozabon Alisson Beckerning kelasi mavsumda klubda qolib, o‘ynashda davom etishini xohlayotganini ma’lum qildi.

Jurnalist Fabrizio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, bu reja o‘tgan haftadaoq tasdiqlangan, chunki “Liverpul” bu yozda jamoaning yana bir tajribali va muhim o‘yinchisini yo‘qotishni istamaydi.

Avvalroq, 33 yoshli darvozabonning “Yuventus”ga o‘tishga rozilik bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsumda Alisson Becker “Liverpul” safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 13 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting