«Liverpul» Alisson bo‘yicha qaror qabul qildi
33 yoshli darvozabonning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
«Liverpul» braziliyalik darvozabon Alisson Bekkerning kelajagi borasida qaror qabul qilgan. Jamoa futbolchini yozgi transferlar oynasida qo‘yib yuborishni rejalashtirmagan va uni mavsum oxiriga qadar tarkibda saqlab qolgan.
33 yoshli darvozabonning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Avvalroq Alissonga «Yuventus» tomonidan qiziqish bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq mersisaydliklar braziliyalik posbonni joriy transfer oynasida sotish niyatida bo‘lmagan.
Alisson 2018 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa bilan ikki marta Angliya chempionligi, Chempionlar ligasi, Angliya Kubogi va Liga Kubogida g‘olib chiqqan.