locale OZ

“Liverpul” Alisson bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

33 yoshli darvozabonning amaldagi shartnomasi 2027-yil yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Alisson bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas
Foto: Getty Images

“Liverpul” darvozabon Alisson Beker bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti. Xabarlarga ko‘ra, klub braziliyalik futbolchining kelasi yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishiga tayyorlanmoqda.

33 yoshli darvozabonning amaldagi shartnomasi 2027-yil yozida yakuniga yetadi. Klub ichida uning yoshi va so‘nggi mavsumlardagi jarohatlari ham kelajak bo‘yicha qarorga ta’sir qilayotgan omillardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

Alisson joriy mavsumda “Liverpul” safida barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol o‘tkazib yubordi. U bir uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ma’lumot uchun, Alisson “Liverpul” safida 2018-yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Klub uning ketish ehtimolini hisobga olib, darvozabonlar chizig‘ida kelajak uchun variantlarni tayyorlab bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting