locale OZ

“Liverpul” Aleksis Mak Allisterni “Manchester Siti”ga sotmoqchi emas

“Shaharliklar” 27 yoshli argentinalik futbolchini yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
“Liverpul” Aleksis Mak Allisterni “Manchester Siti”ga sotmoqchi emas
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” “Liverpul” yarim himoyachisi Aleksis Mak Allisterga qiziqish bildirmoqda. Insayder Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, “shaharliklar” 27 yoshli argentinalik futbolchini yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Mak Allisterning nomzodi “Manchester Siti” rahbariyati tomonidan muhokama qilingan, biroq hozircha klublar o‘rtasida aniq muzokaralar boshlanmagan. “Liverpul” esa o‘zining yetakchi yarim himoyachilaridan birini sotish niyatida emas.

Bundan tashqari, futbolchining otasi va agenti Karlos Mak Allister ham yaqinda o‘g‘lining yozgi transfer oynasida “Liverpul”da qolishini ta’kidlagan. U “Manchester Siti”ga ehtimoliy transfer haqidagi xabarlarni rad etgan.

Ma’lumot uchun, Aleksis Mak Allister 2023-yildan buyon “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan, bozor qiymati esa 70 million yevro atrofida baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting