locale OZ

“Liverpul” Aleksandr-Arnoldning ketishi fonida Saloh bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Liverpul” Aleksandr-Arnoldning ketishi fonida Saloh bilan shartnomani uzaytirmoqchi
FOTO: Football365

Angliyaning “Liverpul” klubi Trent Aleksandr-Arnoldning ketishi haqidagi mish-mishlar sabab jamoa hujumchisi Muhammad Saloh bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda Masrawy nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar rahbariyati Salohga foydali shartnoma taklif qilgan va hozirda muzokaralar ijobiy davom etmoqda. Misrlik forvardning “qizillar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da Trent yozgi transferlar vaqtida erkin agent sifatida “Real”ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Muhammad Saloh joriy mavsum “Liverpul” safida jami 43 ta o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting