\"Liverpul\" Akliush transferi uchun ilk qadamni tashladi
Ma'lumotlarga ko‘ra, mersisaydliklar 24 yoshli fransiyalik futbolchining transfer shartlari va uning mavjudligi bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda.
Foto: Getty Images
"Liverpul" "Monako"ning iqtidorli hujumkor yarim himoyachisi Magnes Akliushni o‘z safiga qo‘shib olish yo‘lida ilk harakatni amalga oshirdi. Klub futbolchining transferi bo‘yicha dastlabki aloqalarni o‘rnatgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mersisaydliklar 24 yoshli fransiyalik futbolchining transfer shartlari va uning mavjudligi bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda. Hozircha rasmiy taklif yuborilmagan, biroq Akliush "Liverpul"ning yozgi transferlar ro‘yxatidagi asosiy nomzodlardan biri hisoblanmoqda.
Akliush o‘tgan mavsum "Monako" safida barqaror o‘yin namoyish etib, Yevropaning bir qator top klublari e'tiborini tortdi. Futbolchiga PSJ ham jiddiy qiziqish bildirmoqda, shu sabab "Liverpul" uni qo‘lga kiritish uchun raqobatga tayyor bo‘lishi kerak.
Nasrullo Karimov
Jurnalist