“Liverpul” Adam Uorton transferiga qaytishi mumkin
“Liverpul” “Kristal Pelas” yarim himoyachisi Adam Uorton transferiga qiziqishni davom ettirmoqda. Mersisaydliklar 22 yoshli angliyalik futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda va uni jamoaning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan variantlardan biri sifatida ko‘rmoqda.
Manbaga ko‘ra, Uorton yaqin ikki transfer oynasidan birida “Kristal Pelas”ni tark etishi kutilmoqda. Transfer 2027-yil yanvaridayoq amalga oshishi mumkin. “Liverpul” yozda boshqa pozitsiyalarni kuchaytirishga ustuvor ahamiyat bergani sabab futbolchi bo‘yicha faol muzokaralarga kirishmagan edi.
Uortonga “Nyukasl” ham qiziqish bildirmoqda. “Kristal Pelas” yozgi transfer oynasida yarim himoyachini qo‘yib yuborishni istamagan, klub bosh murabbiyi Per Saj esa futbolchi bo‘yicha takliflar tushganini, biroq Uortonning o‘zi jamoada qolishni xohlaganini tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, Uortonning transfer qiymati Transfermarkt tomonidan 70 million yevroga baholanmoqda. TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra esa “Kristal Pelas” futbolchi uchun qariyb 75 million funt talab qilishi mumkin.