locale OZ

«Liverpul» 71 yil oldingi antirekordini qayd etdi

Hozirda “qizillar” YECHL turnir jadvalida 9 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Liverpul" 71 yil oldingi antirekordini qayd etdi
ФОТО: Getty images

Angliyaning "Liverpul" jamoasi so‘nggi 12 o‘yinning to‘qqiztasida mag‘lub bo‘ldi.

Natiajada bu klubning 1953 yil noyabrdan 1954 yil yanvargacha bo‘lgan davrdan buyon qayd etilgan eng yomon natijasidir.

Unga ko‘ra, oradan 71 yil o‘tib, ingliz klubi yana o‘sha antirekordini takrorladi. "Liverpul" "Kristal Pelas" (APL), "Galatasaroy" (YECHL), "Chelsi" (APL), "Manchester Yunayted" (APL), "Brentford" (APL), "Kristal Pelas" (Angliya Kubogi), "Manchester Siti" (APL), "Nottingem Forest" (APL) hamda "PSV" (YECHL) kabi jamoalarga yutqazdi.

Klub "Real", "Aston Villa" hamda "Ayntraxt" kabi jamoalarni mag‘lub etishga erishdi. Umuman olganda, "qizillar" so‘nggi 3 ta bahsda 10 ta gol o‘tkazib yuborib, atigi bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Hozirda "qizillar" YECHL turnir jadvalida 9 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting