“Liverpul” 60 mln yevrolik yarim himoyachini kuzatmoqda
“Liverpul” “AZ Alkmaar”ning 20 yoshli yarim himoyachisi Kes Smitga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar futbolchini qishki transfer oynasida qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “Liverpul” skautlari yaqinda Smitning Yevropa ligasida “Sanderlend”ga qarshi o‘yinini stadiondan kuzatgan. Klub futbolchining texnikasi, to‘p bilan ishlashi va pressingdagi faolligini yuqori baholamoqda. “AZ Alkmaar” esa yosh yarim himoyachisi uchun taxminan 60 million yevro talab qilishi mumkin.
Smitga qiziqayotgan klublar faqat “Liverpul” bilan cheklanmaydi. “Chelsi”, “Tottenhem”, “Nottingem Forest”, “Aston Villa”, “Kristal Pelas” va “Brayton” ham futbolchining rivojlanishini kuzatmoqda. Shu sabab uning transferi uchun raqobat kuchayishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Kes Smit “AZ Alkmaar” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2024-yilda asosiy jamoada debyut qilgan. U Niderlandiyaning eng istiqbolli yosh yarim himoyachilaridan biri sifatida baholanmoqda va “AZ” uni klub tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylantirishni ko‘zlamoqda.