locale OZ

“Liverpul” 348 million yevrolik rekord homiylik shartnomasini imzoladi

Mazkur bitim Angliya Premyer-ligasi tarixidagi futbolka old qismida reklama joylashtirish bo‘yicha eng yirik homiylik shartnomasi bo‘ladi.
“Liverpul” 348 million yevrolik rekord homiylik shartnomasini imzoladi
Foto: Getty Images

“Liverpul” Turkish Airlines bilan yangi homiylik shartnomasini imzoladi. Kelishuv 2027/28-yilgi mavsumdan kuchga kiradi va aviakompaniya Standard Chartered o‘rniga klubning asosiy homiysiga aylanadi. Bu haqda “Liverpul” matbuot xizmati ma’lum qildi.

The Times ma’lumotiga ko‘ra, besh yillik kelishuvning umumiy qiymati 300 million funtdan ortiq, ya’ni qariyb 348 million yevroni tashkil etadi. Mazkur bitim Angliya Premyer-ligasi tarixidagi futbolka old qismida reklama joylashtirish bo‘yicha eng yirik homiylik shartnomasi bo‘ladi.

Turkish Airlines logotipi 2027-yil 1-iyundan boshlab “Liverpul”ning erkaklar, ayollar va akademiya jamoalari liboslarining old qismida aks etadi. Standard Chartered esa 2026/27-yilgi mavsum yakuniga qadar klubning asosiy homiysi bo‘lib qoladi, shundan so‘ng hamkorlik boshqa maqomda davom etadi.

Ma’lumot uchun, Standard Chartered 2010-yildan buyon “Liverpul”ning asosiy homiysi hisoblanadi. Turkish Airlines bilan yangi kelishuv kuchga kirgach, mersisaydliklar 17 yil ichida ilk bor futbolka oldidagi bosh homiyni almashtiradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting