«Liverpul» 2021 yildan beri «Chelsi»ga yutqazmayapti
Angliya Premyer-ligasining 36-turi doirasida «Liverpul» hamda «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsdagi durang natija mersisaydliklarning o‘z uyida «ko‘klar»ga yutqazmayotgan seriyasini davom ettirdi.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» o‘z maydonida «Chelsi»ga oxirgi marta 2021 yilning mart oyida imkoniyatni boy bergan edi. O‘shanda APLning 29-turi doirasida londonliklar 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishgan. O‘sha o‘yindan buyon jamoalar Liverpulda besh bor to‘qnash kelishdi — uchrashuvlarning uch tasida durang qayd etilgan bo‘lsa, ikki bor «qizillar» zafar quchishgan.
Angliya chempionatining 36 ta o‘yinidan so‘ng, mersisaydliklar 59 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Chelsi» esa 49 ochko jamg‘argan holda 9-pog‘onadan joy olgan.