locale OZ

«Liverpul» 20 yoshli markaziy himoyachi Jeremi Jake transferi boʻyicha kelishuvga erishdi

Transfer narxi bonuslarni hisobga olganda 72 mln yevroni tashkil etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpul» 20 yoshli markaziy himoyachi Jeremi Jake transferi boʻyicha kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

«Liverpul» klubi «Renn» jamoasining 20 yoshli markaziy himoyachisi Jeremi Jake transferini amalga oshirdi. Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

«Biz «Renn» himoyachisi Jeremi Jake transferi bo‘yicha kelishuvga erishdik. Futbolchi ish ruxsatnomasi va xalqaro ruxsat etuvchi hujjatlarni olgach, 2026/2027 yilgi mavsum boshlanishidan avval klub safiga kelib qo‘shiladi», — deyiladi «Liverpul» bayonotida.

Insayderlarning xabar berishicha, «Liverpul» ushbu transfer uchun 66,3 million yevro miqdorida qat’iy belgilangan mablag‘ to‘lashga rozi bo‘lgan. Shuningdek, shartnomada ko‘zda tutilgan natijalarga qarab, yana 5,7 million yevro bonus tariqasida to‘lab berilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Jeremi Jake joriy mavsumni ijara asosida «Strasburg» safida o‘tkazmoqda va barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi. Shuningdek, iqtidorli himoyachi Fransiya yoshlar terma jamoasi safida 5 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting