«Liverpul» 16 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etdi
«Liverpul» Angliya chempionatining 21-turi doirasida «Arsenal»ga qarshi bahsda 0:0 hisobidagi durang qayd etib, klub tarixidagi salbiy ko‘rsatkichni takrorladi.
Opta Analyst portali xabar berishicha, ushbu uchrashuv «qizillar» uchun APL doirasida darvozaga yo‘llangan zarbalar soni bo‘yicha antirekord bilan yodda qoldi.
Manbaga ko‘ra, mazkur o‘yin «Liverpul» uchun so‘nggi qariyb 16 yil ichida (2010 yil mart oyidan beri) Angliya Premer-ligasida raqib darvozasi tomon birorta ham aniq zarba bera olmagan ilk uchrashuv bo‘ldi. O‘shanda merseysaydliklar «Uigan»ga qarshi bahsda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan va uchrashuv davomida darvozaga biror bor aniq zarba yo‘llay olmagan edi.
Hozirgi kunda «Liverpul» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.