locale OZ

«Liverpool» Yildiz uchun kurashga qo‘shildi

Turkiyalik futbolchiga APL klublari jiddiy qiziqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Liverpool» Yildiz uchun kurashga qo‘shildi
ФОТО: Getty images

"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz "Liverpool" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda jurnalist Emre Sarigul ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 20 yoshli futbolchi uchun kurashga qo‘shildi. Klub skautlari Turkiyaning Bolgariyaga qarshi bahsini stadiondan kuzatib borishgan.

Ushbu bahsda Kenan dublga erishgan va jamoasining g‘alabasiga hissasini qo‘shgan.

Futbolchi joriy mavsum "Yuventus" safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi. Bu davrda u ikkita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting