«Liverpool» Kamara bilan jiddiy qiziqmoqda
Klub yozda ham unga taklif bilan chiqqan.
ФОТО: Getty images
«Liverpool» qishki transfer oynasida «Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamarani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar markaziy chiziqdagi muammolarni hal qilish maqsadida senegallik futbolchi transferini amalga oshirmoqchi. Klub yozda ham unga taklif bilan chiqqan. Biroq tomonlar o‘rtasida kelishuv amalga oshmagandi.
22 yoshli futbolchi 2026/27-yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.