“Liverpool” Elliott bilan xayrlashmoqchi
Photo: Getty Images
"Liverpool" yarim himoyachi Harvey Elliottni sotib yuborishga tayyor.
The Athletic xabariga ko'ra, "qizillar" 22 yoshli futbolchining transferidan kamida 40-50 million funt ishlab olmoqchi.
Mersisaydliklar barcha takliflarni ko'rib chiqishga va ularni muhokama qilishga tayyor.
Elliott xizmatiga "Newcastle" va "Leeds" jamoalari qiziqish bildirgan. Shuningdek, "Celtic" ijaraga olish taklifini o'rtaga tashlagan.
Harvey Elliott o'tgan mavsumda APLda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U maydonda o'rtacha 20 daqiqa harakat qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist