Live: Shomurodov \"Yuventus\"ga gol urdi!
Ayni daqiqalarda Italiya A seriyasining markaziy uchrashuvi bo'lib o'tmoqda. Unda “Roma”-"Yuventus"ga qarshi maydonda kuch sinashyapti.
O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Rimning “Roma” jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Keksa sinyora” darvozasiga gol urib hisobni tenglashtirdi. "Shoma" avvaliga zahirada qoldirilgan edi. Ikkinchi bo'lim boshida, ya'ni o'yinning 46 daqiqada Mats Hummels o'rniga zahiradan maydonga tushdi va oradan 4 daqiqa o'tishi bilan gol urib hisobni tenglashtirdi.
49 daqiqada burchakdan oshirib berilgan topni “Roma”ning 5 raqamli himoyachisi boshi bilan darvozaga yo'lladi va “Yuventus” darvozaboni ushbu zarbani qiyinchilik bilan qaytarishga erishdi. Lekin, qaytgan to'pga birinchi yetib borgan Shomurodov vaziyatdan unumli foydalanib, raqibni jazoladi