locale OZ

Livakovich -- “Barselona” futbolchisi (Romano)

31 yoshli futbolchi Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Livakovich -- “Barselona” futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

Xorvatiyalik darvozabon Dominik Livakovich “Fenerbahche”dan “Barselona”ga o‘tdi. 31 yoshli futbolchi Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolagan. Transfer haqida mashhur insayder Fabrizio Romano ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” Livakovic uchun 2 million yevro to‘laydi. Shuningdek, kelishuvda yana 2 million yevrogacha bonuslar ko‘zda tutilgan.

“Barselona” xorvatiyalik darvozabonni darhol ijaraga berishni rejalashtirmoqda. Livakovic 2027-yil yozidan boshlab, Voytsex Shesni shartnomasi yakunlangach, jamoaning ikkinchi darvozaboni bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Livakovic o‘tgan mavsumning bir qismini “Jirona”da, keyingi qismini esa Zagrebning “Dinamo” klubida ijara asosida o‘tkazgan. Shuningdek, u “Fenerbahche” safida ham bir nechta uchrashuvda maydonga tushgan. O‘tgan mavsumda darvozabon jami 19 ta o‘yinda ishtirok etib, 18 ta gol o‘tkazib yuborgan va 8 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting