Lisandroning qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi
«Manchester Yunayted»ning markaziy himoyachisi Lisandro Martines jarohatidan qutulib, jamoasiga yordam berishga tayyor. Daily Mail nashri jurnalisti Kris Uilerning xabar berishicha, argentinalik futbolchi Angliya Premyer-ligasining 28-turi doirasidagi «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha oladi.
Martines kutilmagan jarohat sababli o‘tgan turda «Everton»ga (1:0) qarshi bahsni o‘tkazib yuborgan edi. O‘shanda himoyachi boldir mushaklarida og‘riq sezgan, biroq chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik jarohatning jiddiy emasligini tasdiqladi.
Lisandro Martines joriy mavsumda «qizil iblislar» libosida 15 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Hozirda beshinchi pog‘onani band etib turgan «Manchester Yunayted» uchun himoyadagi asosiy figuradan biri bo‘lgan Martinesning safga qaytishi, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda muhim ahamiyat kasb etadi.