Lionel Skaloni Argentina muxlislaridan uzr so'radi
Murabbiy, shuningdek, muxlislarga butun turnir davomida ko'rsatgan qo'llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirib, jamoa yanada kuchli bo'lib qaytish uchun ishlashda davom etishini ta'kidladi.
Foto: Getty Images
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2026-yilgi Jahon chempionati finalidagi mag'lubiyatdan so'ng muxlislarga murojaat qilib, ulardan uzr so'radi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, jamoa yana bir bor jahon chempionligini qo'lga kirita olmagani uchun afsusda.
"Biz bu safar kubokni yurtimizga olib kela olmadik. Buning uchun chin dildan uzr so'rayman. Ammo futbolchilarim bilan faxrlanaman. Ular turnir davomida bor kuchini berdi va oxirigacha kurashdi", dedi Skaloni.
Murabbiy, shuningdek, muxlislarga butun turnir davomida ko'rsatgan qo'llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirib, jamoa yanada kuchli bo'lib qaytish uchun ishlashda davom etishini ta'kidladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist