locale OZ

Lionel Messi sportga qoʻshgan hissasi uchun «Asturiya malikasi» mukofotini qoʻlga kiritdi

U bu sovrinni yakka tartibda qoʻlga kiritgan ilk futbolchiga aylandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Lionel Messi sportga qoʻshgan hissasi uchun «Asturiya malikasi» mukofotini qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images

«Inter Mayami» va Argentina milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026 yil yakunlariga ko‘ra sport sohasidagi nufuzli «Asturiya malikasi» mukofoti (Premios Princesa de Asturias) laureati deb topildi.

Suzish bo‘yicha yetti karra Paralimpiya chempioni Tereza Perales boshchiligidagi hakamlar hay’ati 12 ta davlatdan ko‘rsatilgan 27 nafar nomzod orasidan aynan Messini ushbu mukofotga munosib ko‘rdi.

«U o‘zining yorqin iste’dodi, yuksak sport faoliyati hamda eng muhtoj qatlamlardagi bolalarning ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan doimiy keng ko‘lamli xayriya ishlaridan tashqari, maydondagi namunali xulq-atvori, barqarorligi, kamtarligi va jamoasiga bo‘lgan sadoqati bilan ham barchaning hurmati va olqishiga sazovor bo‘ldi», — dedi Perales.

Maʼlumot uchun, ushbu mukofot 1980 yildan buyon Ispaniya taxti vorislari tomonidan sakkizta nominatsiya bo‘yicha topshirib kelinadi, sport toifasi esa 1987 yilda joriy etilgan. Messi ushbu mukofotni individual (yakka tartibda) qo‘lga kiritgan tariqdagi ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi. Unga qadar futbol olami vakillaridan faqatgina 2010 yilda Ispaniya terma jamoasi, shuningdek, 2012 yilda sovrinni o‘zaro bo‘lishib olgan Iker Kasilyas va Xavi ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan edi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting